English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bosh prokuror kubogi” g‘oliblari aniqlandi
14:06 / 2025-05-23

Navoiy shahridagi sport majmuasida 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida erkin kurash bo‘yicha “Bosh prokuror kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan kelgan polvonlar o‘zaro bellashdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, 38 kg vazn toifasida Erkinjon Mizomov, 44 kg vazn toifasida Azizbek Rabbimov, 52 kg vazn toifasida Asadbek Ramazonov, 62 kg vazn toifasida Kamron Ramazonov va 85 kg vazn toifasida Muhammadjon Isaqulov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Barcha vazn toifasidagi g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri