O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Asad Majid Xon boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro ishonch va barqaror taraqqiyotni ta’minlashdagi roli muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tashkilot doirasida huquqni muhofaza qilish organlari, xususan, prokuratura idoralari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash, qonun ustuvorligini ta’minlash va barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Konstruktiv muloqot chog‘ida tomonlar idoralararo hamkorlikning joriy holati va uni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hurmat, ochiqlik va ishonch tamoyillariga asoslangan hamkorlikni kengaytirish hamda tajriba almashishni izchil davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
N.Abduraimova,
O‘zA