Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuror: Davlat tiliga oid qonun hujjatlari ijrosi bo‘yicha nazorat o‘rnatiladi
18:02 / 2021-10-21

Til – bu millat ko‘zgusi. Zero, har bir millatning o‘tmishi, buguni va kelajagi bu uning tili bilan chambarchas bog‘liq.

Bosh prokuraturada o‘tkazilgan bayram tadbiri yuqoridagi shiorlar ostida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Erkin Zohidov, Vazirlar Mahkamasi departamenti mudiri Abdug‘affor Qirg‘izboyev va boshqalar 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan barchani muborakbod etib, yurtimizda o‘zbek tiliga berilayotgan e’tibor va amalga oshirilayotgan muhim islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.

Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan mamlakatimizda va xalqaro miqyosida o‘zbek tilining nufuzini va obro‘-e’tiborini tubdan oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganligi yana bir bor e’tirof etildi.

Bosh prokuror o‘zbek tilini yanada rivojlantirish bo‘yicha Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish, ayniqsa, davlat tiliga oid qonun hujjatlari ijrosining so‘zsiz ta’minlanishi yuzasidan ta’sirchan nazorat o‘rnatishda prokuratura organlari oldingi saflarda bo‘lishi zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

Qayd etilganidek, prokuratura organlari tizimida ish yuritish davlat tilida amalga oshirilishi, barcha hujjatlar to‘liq davlat tilida rasmiylashtirilishi ta’minlanmoqda.

Bunda, Bosh prokuror maslahatchisi, shuningdek viloyat prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar, departament va byuro rahbarlarining maslahatchilari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bosh prokuratura Akademiyasining o‘quv dasturlariga davlat tilida ish yuritish bo‘yicha alohida dars soatlari kiritilib, mukammal o‘qitish tizimi yaratilganligi xodimlarning bilim va malakasini yanada oshirishga zamin yaratmoqda.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bilan hamkorlikda prokuratura organlari xodimlari o‘rtasida “Yuridik sohada davlat tilining o‘rni va ahamiyati” mavzusi bo‘yicha esselar, bilimdonlik va she’rxonlik yo‘nalishlarida o‘tkazilgan tanlovlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Tanlov va turli nominatsiyalar g‘oliblariga diplom va sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

Prokuratura organlari, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Majburiy ijro byurosi xodimlari videokonferensaloqa tizimi orqali ishtirok etgan tadbirda davlat tilida ish yuritish, davlat tili himoyasi bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

N.Abduraimova, O‘zA