Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuror daraxt kesilishi bilan bog‘liq holatni nazoratga oldi
09:27 / 2025-11-26

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida daraxtlarning noqonuniy kesilgani, ushbu jarayonda tuman hokimi o‘rinbosari Ekologiya qo‘mitasi inspektoriga qarshilik ko‘rsatganiga oid videoyozuvlar tarqalgan.

Bosh prokuratura axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ushu holat Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan tegishli idoralar ishtirokida o‘rganildi.

Aniqlanishicha, joriy yil 25 noyabr kuni Buvayda tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiya, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.X. mansabdor shaxs bo‘la turib, mansab vakolatidan chetga chiqib, Buvayda tumani Nayman mahallasidan o‘tgan zovur atrofidagi daraxtlarni "D.S." mas’uliyati cheklangan jamiyat ishchisi tomonidan kesilayotganidan xabar topib, buning oldini olish choralarini ko‘rayotgan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Buvayda tumani bo‘limi inspektorining qonuniy talablariga faol qarshilik ko‘rsatib, xizmat vazifasidan kechishga majbur qilib, hodisa joyidan olib ketib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan S.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Jinoyat ishi tergovi shaxsan Bosh prokuror tomonidan nazoratga olindi. 

N.Abduraimova,

O‘zA