English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuror AQSH elchisi bilan uchrashdi
12:20 / 2023-03-25

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev AQSHning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashdi.

Bosh prokuraturada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda sud-huquq sohalarida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.  

Tomonlar ikki davlat vakolatli organlari o‘rtasida huquqiy sohada shakllangan munosabatlarning bugungi kundagi holatini muhokama qildi. Uni yanada rivojlantirish, shu jumladan, jinoyatchilikka qarshi kurashish yo‘nalishida hamkorlikni kengaytirishga ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.  

Uchrashuv ishtirokchilari bo‘lib o‘tgan muloqotning huquqiy sohada o‘zaro aloqalar mustahkamlanishiga yangi turtki bo‘lishiga ishonch bildirdi.             

O‘zA