Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuraturada yuksak davlat mukofotlari topshirildi
16:52 / 2024-08-30

Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan Bosh prokuraturada «Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz» shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensaloqa orqali o‘tkazilgan tadbirda Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi, Bosh prokuratura, Akademiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, Harbiy va Transport prokuraturalari, prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik markazi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirok etdi. 

Davlat madhiyasini aytish bilan boshlangan tantanali tadbirni Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev kirish so‘zi bilan ochdi. Davlatimiz rahbari tomonidan prokuratura organlari oldiga qo‘yilayotgan mas’uliyatli vazifalar mohiyati haqida to‘xtaldi, ularni ro‘yobga chiqarish uchun bor imkoniyatlarni ishga solish lozimligini ta’kidladi. 

Mustaqillik bayrami munosabati bilan e’lon qilingan Prezidentimizning tegishli farmoni bilan prokuratura organlari xodimlarining bir guruhi Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi. 7 nafar xodim «Jasorat», «Sodiq xizmatlari uchun» va «Shuhrat» medallari bilan mukofotlandi. 

Tadbirda Vatanimizning yuksak davlat mukofotlari o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. 

Bundan tashqari, jinoyatchilikka qarshi kurashish va qonuniylikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh xodimlar ham Bosh prokuror tomonidan rag‘batlantirildi. 

Shuningdek, 2023 yil yakuniga ko‘ra, o‘tkazilgan kasbiy tanlovlar bo‘yicha «Eng yaxshi prokuror» (Uchtepa tumani prokurori Bahodir Sheranov), «Eng yaxshi tergovchi» (Oqdaryo tuman prokurori o‘rinbosari Sindor Ergashev) va «Eng yaxshi davlat ayblovchisi» (Bosh prokuratura boshqarma prokurori Risliqbek Ismoilov) nominatsiyalarida g‘olib deb topilgan xodimlar ham taqdirlandi. 

N.Abduraimova, O‘zA