Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuraturada Vatanimizning yuksak mukofotlari topshirildi
10:00 / 2025-08-28

Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

Bosh prokuraturada mustaqilligimizning 34 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. 

Videokonferensiya orqali o‘tkazilgan tadbirda Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi, Bosh prokuratura, Akademiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, Harbiy va Transport prokuraturalari, Prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik markazi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirok etdi.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev tadbirni kirish so‘zi bilan ochib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga hamohang ravishda prokuratura organlari faoliyati ham takomillashib borayotganini ta’kidladi. 

Davlatimiz rahbarining qaror va farmonlari bilan keyingi  yillarda prokuratura organlari tizimida yangi tuzilmalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Prokuratura organlari oldiga qo‘yilayotgan mas’uliyatli vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun bor imkoniyatlar ishga solinmoqda. 

Prezidentimizning tegishli farmoni bilan prokuratura organlari xodimlarining bir guruhi Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi. 4 nafar xodim “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan mukofotlandi. 

Tadbirda mukofotlanganlarga ushbu mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Bundan tashqari, jinoyatchilikka qarshi kurashish va qonuniylikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh xodimlar ham Bosh prokuror tomonidan rag‘batlantirildi.

Tadbirda ushbu tizimda uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar davlatimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi mashaqqatlari, o‘zlari bosib o‘tgan qiyinchiliklar hamda istiqlol tufayli yaratilgan shart-sharoitlar hamda bu oliy ne’matning kadriga yetish lozimligi haqida to‘xtaldi.

N.Abduraimova,

O‘zA