Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura: Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflik ta’minlanadi
21:21 / 2021-06-21

Davlatimiz rahbarining yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan farmoni umummilliy boyligimiz bo‘lgan yerga oid yangicha munosabatlar qaror topishiga yo‘l ochmoqda.

Farmon ijrosini ta’minlash borasida prokuratura organlari oldiga ham dolzarb vazifalar qo‘yilgan. Shu maqsadda tuzilgan Respublika kengashiga rahbarlik hamda kengashlarning ishchi organi vazifasini bajarish prokuraturaga topshirilgan. Bosh prokuraturada o‘tkazilgan yig‘ilish aynan shu masalaga bag‘ishlandi.

Videoselektor tarzida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Prezident farmoni ijrosi ulkan mas’uliyat va javobgarlikni anglatishini ta’kidladi. Bu borada belgilangan vazifa va topshiriqlar ijrosi ustidan prokurorlar kunlik nazorat va tahlil olib borishi zarur.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda ushbu masala shaxsan Bosh prokurorning nazoratida ekanligini ta’kidlanib, prokurorlarga yerlarni muhofaza qilish, qonun buzilishi holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olishga qaratilgan aniq chora-tadbirlarni belgilash topshirildi. O‘z navbatida, ijrosini qat’iy nazoratga olish va huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi hamda jazo muqarrarligini ta’minlash zarurligi uqtirildi.

Departamentga farmonda nazarda tutilganidan boshqacha tarzda yer ajratish, hujjatlarni qalbakilashtirish va boshqa sxemalar asosida yerni talon-toroj qilish holatlarini fosh etishga qaratilgan tezkor faoliyatni jonlantirish vazifasi yuklatildi.

Bosh prokuratura, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar hamda tuman-shahar prokurorlari, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirok etgan yig‘ilish yakuni bo‘yicha aniq muddatli chora-tadbirlar belgilanib, mas’ullarga manzilli topshiriqlar berildi.

N.Abduraimova, O‘zA