Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura: to‘rtta arxeologiya yodgorligiga 7 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan
10:05 / 2023-11-03

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilishga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur tadbirlarda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida to‘rtta arxeologiya yodgorligiga 7 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.  

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, miloddan  avvalgi V - I asrlarga oid “Tallagan tepa” yodgorligining 40 m2 qismi kesib olinib, avtomobil yo‘li o‘tkazilishi oqibatida ob’ektga 888 million so‘mlik zarar yetgan.  

V–VIII asrlarga oid “G‘o‘rintepa” yodgorligining 200 m2 qismi buzilib, uy-joylar qurib yuborilishi oqibatida unga 4,7 milliard  so‘mlik ziyon yetgan.  

I - IV asrlarga oid “Xushvaqtepa” yodgorligining 12 m2 qismi kesib olinib, hojatxona qurilgani oqibatida 266 million so‘mlik, V - VII asrlarga oid “Toshtepa” yodgorligining 56 m2 tuproqlari kesib olinib, molxona qurilgani oqibatida 1,2 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.  

Aniqlangan holatlar yuzasidan tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Prokuratura organlari bu yo‘nalishdagi nazorat tadbirlari davom ettirmoqda.  

N.Abduraimova, O‘zA