Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura: tarixiy yodgorlikka 13 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan
17:36 / 2023-07-20

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Bosh prokuratura matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, shunday tadbirlarning birida Denov tumani fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiya tomonidan Qoraxon mahallasida joylashgan I-XII asrlarga oid “Markaztepa” arxeologiya yodgorligi (0,21 ga) qonunchilik talablariga zid ravishda bog‘dorchilik uchun fuqaro M.A.ga berilgani aniqlandi.  

Oqibatda fuqaro M.A. tomonidan ushbu tarixiy yodgorlikning 630 m3 hajmdagi hududi buzib tashlanib, ob’ektga juda ko‘p miqdorda, ya’ni 13 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.  

Tekshirish natijasiga ko‘ra, tegishli mansabdor shaxslar va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga asosan og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazilgan va aybdor shaxslarga 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.  

N.Abduraimova, O‘zA