Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura “suvda cho‘kkan” pullarni aniqladi
16:16 / 2022-07-25

Bosh prokuratura tomonidan muttasaddi idoralar bilan bilan birgalikda O‘zbekiston suzish federatsiyasida sohaga ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi o‘rganildi.

O‘rganishda federatsiya mansabdor shaxslari va boshqalar mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, juda ko‘p miqdorda jamiyat manfaatiga zarar yetkazishgani ma’lum bo‘lgan. 

Xususan, terma jamoa hamda uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan fuqaro Rossiya Federatsiyasining Volgograd shahrida o‘tkazilgan xalqaro yig‘inga yuborilib, 72 million so‘m byudjet mablag‘lari asossiz ishlatilgan. 

Shuningdek, 2021 yilning oktyabr-dekabr oylarida jami 287 nafar sportchi “D” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli mehmonxona xizmatidan foydalanmagan bo‘lsalarda, elektron hisob-fakturalarga soxta yozuvlar kiritgan holda 1 milliard so‘m pul mablag‘i talon-toroj qilingan. 

Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘zA