Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura: “Shaffof qurilish” elektron dasturi orqali tenderlar qonuniyligi ta’minlanmoqda
12:20 / 2023-12-18

Bosh prokuror o‘rinbosari Salom Samadov tomonidan davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika shtabining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijrosi ahvoli va qish mavsumida aholini ko‘mir yoqilg‘isi bilan uzluksiz ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.  

Yig‘ilishda 2024 yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan ob’ektlarning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda qoloqlikka yo‘l qo‘yilayotgani ta’kidlanib, shtab a’zolarining mas’uliyatini oshirish borasida topshiriqlar berildi. 

Ushbu dasturga kiritilgan ob’ektlarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda mablag‘larni tejash va shaharsozlik normalariga qat’iy rioya etish lozimligi ta’kidlab o‘tildi. 

Hozirda “Shaffof qurilish” elektron dasturi orqali o‘tkazilgan tenderlar asosida 825 ta ob’ekt bo‘yicha loyiha tashkilotlari aniqlandi va 806 tasining loyiha hujjatlari tayyorlanib, 467 tasining ekspertiza xulosasi olindi.  

Loyiha-smeta hujjatlari hududiy shtablarda ekspertiza organlari xodimlari ishtirokida ko‘rib chiqilib, jami 474 milliard so‘m mablag‘larning tejalishiga erishildi.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA