Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura: qurilishga oid qo‘pol qonunbuzilish yuzasidan 397 jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
12:32 / 2023-10-06

Prokuratura organlari tomonidan qurilish sohasidagi davlat dasturlari ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Joriy yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi 2 ming 32, “Yangi O‘zbekiston” massivlaridagi 685 va mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi 9 ming 977, “Tashabbusli byudjet” dasturlaridagi 4 ming 777 ob’ektda qurilish ishlari monitoringga olingan.

Xo‘sh, monitoring natijalari qanday? Bu savolga Bosh prokuratura boshqarma prokurori Shamshod Xo‘jaqulov javob berdi:

– Qurilayotgan ob’ektlar bo‘yicha shaharsozlik hujjatlarini o‘z vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi ustidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, Davlat dasturlari ijro etilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika shtabining yig‘ilishlarida dastur ijrosi ahvoli mas’ullar ishtirokida muhokama qilib borilmoqda.

Barcha loyiha institutlari, ekspertiza idoralari, buyurtmachilar va ularning loyiha ishlab chiqishga mas’ul xodimlari loyiha qiymati sun’iy oshishiga yo‘l qo‘ymaslik, shaharsozlik normalariga rioya etish va mahalliy mahsulotlardan keng foydalanish zarurligi bo‘yicha ogohlantirildi.

Mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 7 ming 369 ob’ektda qurilish ishlar yakunlanib, foydalanishga topshirildi. Jumladan, 3 ming 675 ichki yo‘llar, 1 ming 876 ta ichimlik va oqova suv ta’minoti, 675 elektr tarmog‘i, 70 ta gaz ta’minoti, 224 ijtimoiy soha va boshqa turdagi 849 ob’ektda qurilish ishlari yakunlandi.

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturidagi 544 ob’ektda ishlar yakunlanib, yangidan boshlanadigan 830 ob’ekt bo‘yicha pudrat shartnomalari tuzilib, qurilish ishlari olib borilmoqda.

Dasturdagi loyihalar uchun ajratilgan mablag‘ning 9,5 trillion so‘mdan ortig‘i yoki qariyb 60 foizi moliyalashtirilib, pudrat tashkilotlari tomonidan 9 trillion so‘mlik ishlar bajarildi.

Dastur ijrosi bo‘yicha mutasaddilar faoliyatini samarali muvofiqlashtirib borish maqsadida Bosh prokuratura ishchi 
guruhi tomonidan Respublikaning barcha hududlarida o‘rganishlar davom etmoqda.

Tahlillar davomida aniqlangan tizimli muammolarni va huquqni qo‘llash amaliyotidagi bo‘shliqlarni bartaraf etish bo‘yicha hamda qonunchilikni takomillashtirishga oid takliflar tayyorlanib, Hukumatga to‘rtta normativ – huquqiy hujjat loyihasi kiritildi.

Yuklatilgan vazifa va topshiriqlar ijrosida kamchilikka yo‘l qo‘ygan, o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan 497 nafar mas’ul shaxs intizomiy, 1 ming 636 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi, 2 ming 211 nafar shaxs rasman ogohlantirildi.

Shuningdek, ob’ektlarda o‘tkazilgan monitoring tadbirlarida 2 ming 842 holatda sifatsiz bajarilgan 55 milliard so‘mlik hamda 1 ming 261 holatda hisobotlarga qo‘shib yozilgan 27 milliard so‘mlik ishlar bartaraf etildi.

Qo‘pol qonunbuzilish holatlari yuzasidan 397 jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 5,5 mingga yaqin fuqaro va tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Aytib o‘tish kerakki, 2024 yil uchun ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining dastlabki manzilli ro‘yxati xalq deputatlari mahalliy kengashlarining tavsiyalari asosida vazirliklar, idoralar va mahalliy hokimliklar tomonidan shakllantirilib, respublika va hududiy shtablar bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi.

Manzilli dasturga asosan umumiy qiymati 18 trillion so‘mdan ortiq 1 ming 194 ob’ekt taklifi ma’qullandi.

Davlat dasturlari ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

N.Abduraimova, O‘zA