Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura protesti asosida xodimning huquqlari tiklandi
20:18 / 2025-11-27

Prokuratura organlarining asosiy vazifalaridan biri – fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish va qonun ustuvorligini ta’minlashdir.

Bu borada har bir fuqaroning huquqlarini qonun yo‘li bilan sudda himoya qilishga hamda odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.

Da’vogar S.D. sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, unda javobgar “Urganch xalqaro aeroporti” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “Uzbekistan airports” aksiyadorlik jamiyatiga  nisbatan buyruqni va xizmat tekshiruvi dalolatnomasini g‘ayriqonuniy deb topib, bekor qilishni, ishga tiklash va majburiy progul uchun ish haqi undirishni so‘ragan. 

Quyi sudlar da’vogar S.D. o‘zining xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi asosi bilan da’vo arizani rad etgan.

Bosh prokuratura tomonidan fuqarolik ishi o‘rganilib, Mehnat kodeksi talablari buzilganligi aniqlangani sababli, Oliy sudga taftish tartibida protest keltirilgan. 

Mazkur protest asosida ish Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida prokuror ishtirokida qayta ko‘rilib, quyi sudlarning qarorlari bekor qilinib, da’vogar S.D.ning mehnat huquqlari tiklandi.

N.Abduraimova, O‘zA