French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura protesti asosida xodim ishga tiklandi
17:49 / 2023-08-03

Bosh prokuror va uning o‘rinbosarlari tomonidan aholi bilan bevosita va ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlab, joyida bartaraf etish maqsadida hududlarda ommaviy sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Shunday qabullardan birida fuqaro M.Xujmatova ishdan nohaq bo‘shatilgani haqida murojaat qilgan. U ish beruvchi tomonidan qabul qilingan buyruqni bekor qilish, ishga tiklash, majburiy progul kunlari uchun ish haqi, ma’naviy zarar hamda advokatlik xizmati uchun to‘langan to‘lovlarni undirishni so‘ragan.  

Aniqlanishicha, M.Xujmatovaning shunday mazmundagi da’vo arizalari quyi va yuqori instansiyalarda ko‘rilib, rad qilingan.  

Bosh prokuratura tomonidan M.Xujmatovaning murojaati ish hujjatlari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi. O‘rganish asnosida ish beruvchi tomonidan murojaat muallifini ishdan bo‘shatishda mehnat qonunchiligi talabiga to‘liq rioya qilmagani aniqlandi. Shu sababli sud ajrimiga nisbatan Bosh prokuratura tomonidan takroriy kassatsiya protesti keltirildi.  

Mazkur protest Oliy sud fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ko‘rib chiqilib, protest qanoatlantirildi. Dastlabki sud qarorlari bekor qilinib, fuqaro ishga tiklandi.  

N.Abduraimova, O‘zA