Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura ko‘magida tadbirkorga 1,5 million AQSh dollari kredit ajratildi
16:33 / 2019-10-08

Bosh prokuratura rahbariyatiga “ML” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari yozma ravishda murojaat qilib, kredit ajratishda amaliy yordam so‘ragan.


Bosh prokuratura rahbariyatiga “ML” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari yozma ravishda murojaat qilib, kredit ajratishda amaliy yordam so‘ragan.

Aniqlanishicha, “ML” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari farmasevtika preparatlarini ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish maqsadida 1,5 million AQSh dollari miqdorda kredit olish uchun AT Xalq bankining Andijon viloyati filialiga murojaat qilgan. Ushbu murojaat tegishli hujjatlar bilan birga filialning kredit qo‘mitasida ko‘rib chiqilgan. Lekin mablag‘ tushishida muammolar uchragan.

Ma’lum bo‘lishicha, bank va jamiyat o‘rtasida 36 oy muddatga, 12 oy imtiyozli davr bergan holda yillik 10 foiz to‘lash sharti bilan qayd etilgan miqdorda kredit ajratish haqida shartnoma imzolangan.

Bosh prokuratura mabuot xizmati xabariga ko‘ra, jamiyat rahbarining Bosh prokuraturaga murojaatidan so‘ng mazkur shartnoma asosida bank filiali tomonidan jamiyat hisob raqamiga kredit mablag‘lari o‘tkazilishi ta’minlangan.