Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati kuchaytiriladi
11:59 / 2024-01-16

Hozirda yashirin iqtisodiyot va iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan 14 ta organ tarqoq holda shug‘ullanmoqda. Ularning faoliyatini muvofiqlashtiradigan yaxlit ish tizimi yo‘q.

Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Shuning uchun yashirin iqtisodiyot bilan kurashish yangi pog‘onaga olib chiqiladi.

Shu maqsadda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati kuchaytiriladi.

Shu paytgacha Departamentning tergov yuritish vakolati bo‘lmagani va qonunlarda juda ko‘p huquqiy kolliziyalar mavjudligi sababli samarali ishlay olmadi.

Misol uchun, hozirgi kunda “obnal firma”ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish olti oygacha vaqt oladi. Bu davrda qo‘shtirnoq ichidagi uddaburonlar barcha noqonuniy ishlarini yakunlashga ulguradi.

Shularni hisobga olib, Departament chuqur tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va o‘zi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning o‘zida Bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ladi.

 

O‘zA