Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura Buxoro shahar prokurori bilan bog‘liq rasmiy bayonot berdi
21:46 / 2020-12-21

Bayonotda qayd etilishicha, so‘nggi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovning videomurojaatlari keng muhokama qilindi.

Avvalroq, Bosh prokuratura tomonidan Buxoro shahridagi tadbirkorning Buxoro shahar prokurori J.Fozilovning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib yozgan arizasi yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi haqida rasmiy bayonot berilgan. 

Tekshiruvning xolisona va adolatli o‘tkazilishini ta’minlash, ish holatlariga to‘liq oydinlik kiritish, har qanday aralashuv va ta’sirlarning oldini olish maqsadida Buxoro shahar prokurori J.Fozilov 2020 yil 2 dekabr kuni xizmat vazifalarini bajarishdan vaqtincha chetlashtirilgan edi.

Xizmat tekshiruvi yakunlanganligi munosabati bilan Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan J.Fozilov joriy yil 19 dekabrdan xizmat vazifalarini bajarishga kirishdi.

Xizmat tekshiruvida J.Fozilov o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmasdan, mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘yib, o‘zi rahbarlik qilayotgan prokuratura ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishining tergovi ustidan nazoratni ta’minlamaganligi, amaldagi qonunchilik bilan muqobil tekshiruvlar bekor qilingan bo‘lsa-da, jinoyat ishiga aloqasi bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mansabdor shaxslarini tergovga jalb qilib, so‘roq qilish orqali muqobil tekshirish, shuningdek, asossiz ravishda tadbirkorni chaqirtirish va majburiy keltirish haqida qo‘l ostidagi tergovchiga topshiriq berganligi aniqlandi.

Shularga ko‘ra, Bosh prokurorning 2020 yil 21 dekabrdagi buyrug‘i bilan Buxoro shahar prokurori J.Fozilovga “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanildi.

O‘zA