English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan qo‘lga olindi
19:23 / 2021-12-06

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Aniqlanishicha, A.T. Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori lavozimida ishlagan paytida, 2020 yil oktyabr oylarida o‘ziga tanish bo‘lgan qurilish korxonasi rahbari D.A.ni Olmaliq shahridagi 11-sonli yotoqxonani rekonstruksiya qilish bo‘yicha qonuniy o‘tkazilgan tenderda qurilish korxonasi go‘yoki uning yordami bilan g‘olib chiqqanligiga ishontirgan va moddiy rag‘bat talab qilib kelgan.

Shundan so‘ng, hozirda Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan va joriy yil 22 noyabrdan mehnat ta’tilida bo‘lgan A.T. joriy yil 5 dekabr kuni soat 22:00larda Mirobod tumanida joylashgan «Mustafo» restoranida D.A.dan go‘yoki tenderda yutishiga yordam qilganligi uchun 29 ming AQSH dollarini olganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlandi.

O‘zA