Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura: Andijon shahar hokimi gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlandi
11:25 / 2022-06-07

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hokimi katta miqdorda byudjet mablag‘larini talon- toroj qilganlikda gumonlanib, DXX tomonidan qamoqqa olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga murojaat qildik. 

Ma’lum qilishlaricha, jinoyat ishi doirasida 6 iyun kuni Andijon shahar sobiq hokimi gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan. 

Ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

O‘zA