Bosh prokuratura Akademiyasi «ELSEVIER» kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va «ELSEVIER» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va «ELSEVIER» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda «ELSEVIER» kompaniyasining O‘rta Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori A.Ospanova, milliy koordinatori D.Allanazarova, shuningdek Akademiya xodimlari va tinglovchilari ishtirok etdi.
Memorandumda ta’lim va ilmiy-tadqiqotchilik faoliyati sohasida hamkorlik aloqalarining asosiy yo‘nalishlari va shakllari belgilangan.
Amaliy hamkorlikning davomi sifatida Akademiya xodimlari va tinglovchilari uchun kompaniyaning mintaqaviy direktori A.Ospanova tomonidan “Xalqaro standartlar asosida ilmiy maqolalar tayyorlash” mavzusida master-klass o‘tkazildi.
Tadbir davomida xalqaro standartlar asosida ilmiy maqolalar yozishning o‘ziga xos xususiyatlari batafsil tushuntirildi. Yuqori reytingli xalqaro jurnallarda chop etiladigan maqolalarni tayyorlash bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berildi.
Bundan avvalroq, Akademiya rahbariyati va xodimlari «ELSEVIER» kompaniyasi tomonidan yaratilgan Uzbekistan Research Online – O‘zbekiston Respublikasining ilk raqamli retsenziyalanadigan ilmiy jurnallar platformasining ochilish marosimida ishtirok etgan edi.
Taqdimot doirasida Scopusning xalqaro standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan Bosh prokuratura Akademiyasining retsenziyalanadigan ilmiy jurnali ProAcademy ham taqdim qilindi. Kelgusida mazkur jurnal Digital Commons Network global tarmog‘iga integratsiya qilinadi.