Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh prokuratura: 14 nafar prokuratura xodimiga Vatanimizning yuksak mukofoti berildi
07:55 / 2023-08-31

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun” shiori asosida mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev Davlatimiz rahbari tomonidan prokuratura organlari oldiga qo‘yilayotgan mas’uliyatli vazifalar mohiyati haqida to‘xtalib, ularni ro‘yobga chiqarish uchun bor imkoniyatlarni ishga solish lozimligini ta’kidladi.

Yig‘ilishda prokuratura organlarining fidoyi xodimlari faoliyati ham davlat tomonidan tomonidan yuksak baholanayotgani qayd etildi.

Prezidentimizning 2023 yil 27 avgustdagi farmoni bilan prokuratura organlari xodimlarining bir guruhi Vatanimizning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi: 14 nafar xodim “Mardlik”, “Do‘stlik” ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan mukofotlandi.  

Tadbirda mukofotlanganlarga ushbu orden va medallar tantanali ravishda topshirildi.

Bundan tashqari, jinoyatchilikka qarshi kurashish va qonuniylikni ta’minlashga munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh xodimlar Bosh prokuror tomonidan rag‘batlantirildi.

Shu bilan birga, 2022 yil yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy tanlovlar yakuni g‘oliblari taqdirlandi. Jumladan, Yangiqo‘rg‘on tumani prokurori Qobiljon Ahmadjanov — "Eng yaxshi prokuror",  Bosh prokuratura boshqarmasi tergovchisi Farrux Begiyev — "Eng yaxshi tergovchi",  Shayxontohur tumani prokurorining katta yordamchisi Maral Berdiqilichova — "Eng yaxshi davlat ayblovchisi", deb topildi.

Videokonferensiya orqali o‘tkazilgan tadbirda Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi, Bosh prokuratura, Akademiya, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, Harbiy va Transport prokuraturalari, prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik markazi, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Majburiy ijro byurosi xodimlari ishtirok etdi.

             N.Abduraimova, O‘zA