French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh maqsadimiz – insonlar xavfsizligini ta’minlash
19:21 / 2021-05-19

Munosabat

Xabaringiz bor, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2015 yildagi (70-son rezolyutsiyasi) Global kun tartibida dunyo hamjamiyatini 2030 yilgacha barqaror rivojlantirish maqsadlari ko‘rib chiqildi va 3 yil mobaynida xalqaro tashkilotlarning texnik ko‘magi asosida ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash mexanizmlari puxta o‘rganib chiqilgan.

Natijada, hukumat tomonidan 2018 yilda Barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar belgilab olindi hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” qabul qilindi. Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM) 17 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim alohida vazifa va indikatorlardan iborat.

Dunyodagi har bir mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy holati va tabiiy-geografik joylashuvidan kelib chiqib, milliy BRMlarini ishlab chiqqan.

Yo‘l xaritasi asosida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va bu borada butun dunyo hamjamiyati oldida respublikada erishilgan natijalarni ko‘rsatib berish maqsadida 2020 yilda BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi (ECOSOC) boshchiligida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi siyosiy Forumda birinchi Ixtiyoriy milliy hisobotimizning taqdimoti bo‘lib o‘tgandi.

Shuni alohida ta’kidlash o‘rinliki, O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga saylandi, AQSHning Davlat departamenti tomonidan O‘zbekiston diniy erkinliklar sohasida “alohida kuzatuv ostida” bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarildi.

BMTning Orol dengizi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama Trast fondi doirasidagi amaliy ishlar jadallashtirilmoqda. BRM bo‘yicha tasdiqlangan Yo‘l xaritasining 13-Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha tezkor choralarni qabul qilish” va 15-Quruqlik ekotizimlarini himoyalash va tiklash, ulardan oqilona foydalanishga ko‘maklashish, o‘rmonlardan oqilona foydalanish, cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlarning yemirilishini to‘xtatish va ortga qaytarish, bioxilma-xillikni saqlab qolish to‘g‘risidagi maqsadlarida belgilangan qator vazifalarda ham aynan Inson xavfsizligi hamda ona tabiatimiz himoyasini ta’minlashga qaratilganligini ta’kidlash joizdir.

2020 yil sentyabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi” deb e’lon qilish haqidagi taklif ilgari surilgan edi. Maxsus rezolyutsiyasi joriy yilning 18 may kuni BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida 60 ga yaqin davlat tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.

Unda BMT Bosh Assambleyasi Orol dengizi mintaqasidagi ekologik, ijtimoiy, iqtisodiy va demografik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan mintaqaviy tadbirlar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlangan.

Hujjatda atrof-muhitni tiklash, tabiiy resurslarni tejash va mintaqa aholisining hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot maslahat ishlarini targ‘ib qilish haqida so‘z boradi. Bundan tashqari, Orol inqirozi oqibatlarini bartaraf etish va mintaqadagi ekologik vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirishda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga ham alohida e’tibor qaratiladi.

Ushbu hujjatda, BMT ning O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Orol dengizi xalqaro innovatsion markazini va BMT shafeligida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sheriklik trast fondi tashkil etilishi qo‘llab-quvvatlandi.

Orolbo‘yi mintaqasi Bosh Assambleyada ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi maqomi berilgan birinchi mintaqa bo‘ldi. Hujjat mintaqaviy hamkorlik, integratsiya va barqaror rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlarni birlashtirishga hamda ixtisoslashtirilgan idoralar dasturlari va loyihalari, BMT tizimining mablag‘lari va dasturlarining izchilligini ta’minlashga qaratilgan.

Bularning barchasi mazkur mintaqani rivojlantirish bo‘yicha prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan tobora keng qo‘llab-quvvatlanayotganiga yaqqol dalil bo‘ladi.

N.Sabirov,

Oliy Majlis Qonunchilik

palatasi deputati