Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh kiyimi sotib yurgan ayol aslida boshqa savdo bilan shug‘ullanayotgani ma’lum bo‘ldi
10:43 / 2022-08-06

Inson salomatligiga zarar keltiruvchi dori vositalarini sotish taqiqlangan bo‘lishiga qaramay, aynan shu yo‘l bilan pul topishni «kasb» qilganlar kam emas.

Andijon viloyati IIB giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahri ko‘chalarining birida bosh kiyim sotish bilan shug‘ullanib kelayotgan Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi ayol R.N.ga tegishli yuk aravasi nazorat tartibida tekshirildi.

Shunda bosh kiyimlar ostiga yashirib qo‘yilgan jami 140 dona «Regapen» va 10 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar ichki ishlar organi FMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Shuhrat Ne’matov,O‘zA