Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘sh kelmang, Lizaxon! (+video)
21:01 / 2025-09-16

Qisqasi, AQSH ma’muriyati Federal zaxira tizimi Boshqaruv kengashi a’zosi Liza Kukni ishdan bo‘shatmoqchi. Lizaxonim esa hech ikkilanmasdan shu ish boshida turgan Donald Trampning o‘zini sudga berdi. Da’vogar bu harakatni “noqonuniy” deya e’tirof etishni so‘ragan.

Prezident ma’muriyati, o‘z navbatida, Vashington shahri Apellyatsiya sudiga murojaat qilib, Liza Kuk lavozimidan ozod etilishini so‘rab, yana bir ariza topshirdi. 

Umuman, gap nimada?

Yaqinda Ipoteka bozorini tartibga soluvchi agentlik rahbarligiga Trampning maslakdoshi Bill Pult tayinlandi. U Lizani shartnomaga noto‘g‘ri ma’lumot kiritganlikda ayblab, ayni masala bo‘yicha Adliya vazirligiga shikoyat qildi. Hozir shu asosda tergov boshlangan.

Mazkur ayblovga tayangan holda, Tramp Kukni, go‘yoki, “jiddiy sabab”  bilan lavozimidan ozod qilgan. Kuk esa ma’muriyatni sudga berdi. 

O‘tgan seshanba kuni federal sudya da’vogarning ishdan bo‘shatilishini noqonuniy, deb topdi va juvonni Federal zaxira tizimi rahbarligida qoldirish yuzasidan qaror chiqardi.

Lizaning advokatlari Kukning iste’fosi uchun yetarli sabab keltirilmagani, agar Prezident tuzilma rahbarini asossiz bo‘shatish huquqiga ega bo‘lsa, bu mamlakat iqtisodiyoti va tizim mustaqilligiga tahdid solishini ta’kidlagan.

Tahlilchilar aytishicha, voqea AQSH Markaziy bankining 112 yillik tarixidagi ilk shunday holat.

Liza Kukning Federal zaxira tizimidagi vakolati 2038 yilgacha amal qilishi kerak. U 2022 yil sobiq Prezident Jo Bayden tomonidan tayinlangan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/We2MiFCe-E4" title="Bo‘sh kelmang, Lizaxon!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Kenja Bekjonov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA