Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘sh ish o‘rinlari va sanoat yarmarkasi
12:20 / 2025-04-07

Sirdaryo viloyati Boyovut tumani hokimligi hamda Majburiy ijro byurosi tashabbusi bilan navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari va sanoat yarmarkasi tashkil etildi.

Tumanning 1-sonli politexnikumida o‘tkazilgan ushbu tadbirda salohiyatli ish beruvchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ish o‘rinlarini rasmiylashtirish, mehnat shartnomalarini tuzish va mehnat munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar berildi.

Yarmarkada tadbirkorlar, hunarmandlar va ish beruvchilar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berib, shuningdek, xodimlarning huquq va majburiyatlarini tushuntirishdi.  

Tadbirning maqsadi aholini ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini yaratish va ishsizlikni kamaytirishdir. Shu tariqa yarmarka ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, mehnat bozoridagi talablar va imkoniyatlardan bahramand qilishga yordam berdi.  

Tashkilotchilar yangi ish o‘rinlarini yaratish va ishchilarni malakali xizmatlarga yo‘naltirishga katta e’tibor qaratishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri