Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi
10:38 / 2025-07-30

“Adolat”SDP tomonidan o‘tkazilayotgan “Odam savdosiga qarshi kurashish” oyligi doirasida partiyaning Toshkent shahar Kengashi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi shahar boshqarmasi hamkorligida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi.

Bundan maqsad ishsiz fuqarolarni doimiy mehnatga jalb etish, bandlikni oshirish, jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishdan iborat.  

Mirzo Ulug‘bek nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida o‘tkazilgan yarmarkada Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan 140 dan ortiq davlat va nodavlat tashkilotlari, yirik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida zarur ma’lumotlar taqdim etildi.  

Jarayonda fuqarolar bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha taklif va talab bilan tanishish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish beruvchilar bilan muloqot qilish, hujjatlarini topshirish, savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.  

Shu bilan birga, tadbirda aholi o‘rtasida mehnat huquqlari, xavfsiz migratsiya, odam savdosining belgilari va undan himoyalanish mexanizmlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilli.  

Bu kabi tadbirlar aholi, ayniqsa, yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash barobarida ijtimoiy osoyishtalik, huquqbuzarliklar va odam savdosi kabi illatlarning oldini olishda muhim hisoblanadi.  

M.Komilova, O‘zA