Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh hujjatimiz umumxalq ovozi bilan qabul qilinadi
13:54 / 2023-04-30

Referendumga taqdim etilgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasining tashabbuskorlaridan bo‘lgan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida faollik ko‘rsatib, qator takliflar berdi.

Bugun referendumda ovoz berish jarayonlarida ham partiya rahbariyati va xodimlari faol ishtirok etib, o‘z siyosiy huquqlarini amalga oshirdi. Xususan, partiya yetakchisi Alisher Qodirov Mirobod tumanidagi 125-referendum uchastkasida, rais o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova Yunusobod tumanidagi 450- referendum uchastkasida, rais o‘rinbosari Akmal Jumaboyev esa Yangihayot tumanidagi 580- referendum uchastkasida o‘z siyosiy huquqlarini amalga oshirdi.  

— Bir yilga yaqin muddat davomida Konstitutsiyaviy islohotlar amalga oshirilib, yangilanayotgan Konstitutsiyamiz xalqimiz takliflari asosida takomillashtirildi, — deydi O‘zMTDP raisi o‘rinbosari Feruza Muhammadjonova. — Konstitutsiyaviy qonun loyihasi milliy va umuminsoniy qadriyatlar, davlatchiligimizning uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasi, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayangan holda ishlab chiqildi. Bosh hujjatimiz umumxalq ovozi bilan qabul qilinishi uning haqiqiy ma’noda xalq Qomusiga aylanishiga zamin bo‘ladi.  

Muhtarama Komilova, O‘zA