Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh hamshiralar Sirdaryoda tajriba almashdi
12:36 / 2025-02-03

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari bosh hamshiralari Sirdaryoda bo‘lib, Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarida hamda shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli 4-sonli oilaviy poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat turlari va sifatini o‘rgandi.

Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari asosida hamshiralik ishini tashkil etish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Tibbiy brigadalarning amaliyotchi, patronaj hamda patronaj doya hamshiralarining vazifalari bo‘yicha mahorat darsida ishtirok etgan Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Yusuf Mirxonov hamshira va hamshiralar ishini tashkil etish, aholiga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatish, davlat tibbiy sug‘urta mexanizmlari, uni joriy etish borasida Sirdaryoda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Hamshiralar ishini tashkil etish yuzasidan Sirdaryoda o‘tkazilgan seminarda hamshira va hamshiralar oldida turgan va yuzaga kelayotgan muammoli masalalar tahlil etilib, yutuqlar ko‘rsatib o‘tildi, bosh hamshiralarga vazifalar belgilab berildi.Bu esa tibbiy xizmat sifatini ta’minlashda nihoyatda muhimdir.  

G‘ulom Primov,

O‘zA muxbiri