Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bosh boshqarmaga yangi boshliq tayinlandi
16:06 / 2025-12-22

Denov tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Boxodir Abdurayimov Surxondaryo viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi.

B. Abdurayimov 1982 yil Boysun tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Termiz davlat universitetini moliya mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida viloyat iqtisodiyot bosh boshqarmasida turli vazifalarda, shuningdek, Oltinsoy va Denov tumanlarida hokimning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Shu paytgacha viloyat kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan Odiljon Yakubov ilgariroq Sariosiyo tumaniga hokim etib tayilangan edi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri