Yevroittifoq Markaziy Osiyoga ta’sirini oshirish niyatida. Bu yerda u Rossiya va Xitoyning ta’sirini muvozanatlashtirishi mumkin, deb bayonot berdi YeI diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel. Uning so‘zlarini EURACTIV nashri quyidagicha keltiradi:
Ma’lum bo‘lishicha, siyosatchi o‘tgan hafta mazkur mintaqaga safar qilgan. Safar yakunlariga izoh berar ekan, u Markaziy Osiyo Yevropa bilan munosabatlarni kuchaytirishga intilayotgani, bu boshqa o‘yinchilarning ta’sirini muvozatlashtirishi mumkinligini ta’kidlaydi.
"Agar biz hech narsa qilmasak, boshqalarning bizdan ko‘ra katta ta’sirga ega bo‘lishi aniq", — deya ta’kidlagan Borrel.
Shu bilan birga, u vaziyatni “murakkab" deb baholagan. Chunki Markaziy Osiyoning aksariyat mamlakatlari Rossiya bilan kuchli madaniy, iqtisodiy, siyosiy va demografik aloqalarga ega. Uning ta’kidlashicha, bundan bir yil avval YeI vakillari Janubiy-Sharqiy Osiyo bilan o‘zaro munosabatlar bo‘yicha sammitga taklif qilingan edi. O‘shanda, Rossiya va Xitoy delegatsiyalari ularning tashrifdan “juda hayron bo‘lgandi”. Borrelning aniqlik kiritishicha, joriy yilda Samarqandda bo‘lib o‘tgan konferensiyada faqat Yevroittifoq vakillari ishtirok etdi. Uning aytishicha, bu Markaziy Osiyo va YeI o‘zaro aloqalar bilan bog‘liq masalalarda birga ishlamoqchi ekanini namoyish qildi, ya’ni bu siyosiy ogohlantirish bo‘ldi.
Bundan avvalroq Borrel o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida Bryussel Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorliklarni kengaytirish tarafdori ekanini yozgan edi. Bu gap shuningdek, Rossiya hududini aylanib o‘tadigan transport yo‘laklari haqida ham bormoqda.