Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Borrel: Xitoyning Tayvanga Pelosi tashrifi bo‘yicha munosabati nomutanosibdir
15:35 / 2022-08-11

Xitoy rasmiylari AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi bo‘yicha bildirgan munosabat munosib emas, dedi Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel Ispaniyaning “El Pais” gazetasiga.

- Men Bayden ma’muriyatidagi juda yuqori martabali amaldorning Tayvanga tashrifi shaxsiy tashabbus ekani haqida aytilgan gapni eshitdim, - dedi u. - Xitoyning bu javobi nomutanosib. Dunyo AQSH va Xitoy hamkorlik qilishini istaydi. 

Global muammolarni ikki buyuk davlat hamkorligisiz hal qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, iqlim o‘zgarishi kabi masalani. Har ikki mamlakat iqtisodiyotining bir-biriga chambarchas bog‘liqligi biri ikkinchisining mutlaq mag‘lubiyatini xohlamasligini anglatadi.