Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Borrel Ukraina bosh vaziriga Kiyevni harbiy qo‘llab-quvvatlashda davom etishga va’da berdi
12:03 / 2022-07-16

YeI tashqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal bilan suhbatda Yevroittifoq Kiyevga harbiy-moliyaviy yordam berishni davom ettirishga va’da berganini ma’lum qildi.

"Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal bilan yevrokomissar Oliver Varxeli ishtirokida atroflicha suhbat bo‘lib o‘tdi. Biz Ukrainani doimiy qo‘llab-quvvatlashda davom etish uchun olib borayotgan sa’y-harakatlarimizni muhokama qildik. Men unga YeIning harbiy va moliyaviy yordam berishda davom etishiga ishontirdim", – deb yozdi Borrel ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Jurnalistlarga ma’lum qilinishicha, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini ajratish bo‘yicha qaror qabul qilishni rejalashtirmoqda. Mazkur moliyaviy transh avvalgilariga o‘xshab bu safar ham 500 million yevroni tashkil etishi mumkin. Shu bilan YeIning Ukraina armiyasini moliyalashtirish uchun ajratgan moliyaviy yordami jami 2,5 milliardga yetadi.