Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Borrel Turkiyani EI bilan yaqinlashishga chaqirdi
13:00 / 2024-04-02

Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel Turkiyada bo‘lib o‘tgan mahalliy hukumat idoralariga saylovni olqishladi va Anqarani EI bilan yanada yaqinlashish uchun islohot o‘tkazishga chaqirdi.

– Saylov tinch, professinal muhitda o‘tkazilishi Turkiyaning nufuzini oshirib, mamlakat fuqarolari demokratiyaga sodiqligini namoyish qildi, – deb yozdi mulozim ijtimoiy tarmoq orqali. – Fundamental huquq va demokratiya munosabatimiz asosini tashkil etadi. Umid qilamizki, islohot ustida birga ishlash mamlakatni EIga yanada yaqinlashtiradi.

Turkiya 1999-yildan buyon EI a’zoligiga nomzod maqomiga ega. Muzokara 2018-yil muzlatilgan. Binobarin, Bryussel noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash, xavfsizlik va savdo masalalarida Turkiya bilan aloqani rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidlab keladi.