Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Borrel EI rahbarlarini Isroilga aniq talab yuborishga chaqirdi
16:16 / 2024-03-22

Bryusselda Yevropa Ittifoqi davlat va hukumat rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Eunews” xabar berdi. Anjuman BMTning Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan tahlili bilan ochildi. 27 davlat jangovar harakatni to‘xtatish, gumanitar yordam yetkazilishini talab qilish uchun to‘g‘ri yo‘l topish bo‘yicha kelishib oldi.

EI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel G‘azodagi vaziyat haqida bayonot berdi. U yetakchilarni Isroilga “G‘azoga oziq-ovqat yetkazib berishni ta’minlashni yo‘lga qo‘yish va oddiy aholini himoya qilish” haqida talab yuborishga chaqirdi.

– G‘azodagi vaziyat dahshatli, ta’riflashga so‘z yo‘q, – dedi siyosatchi. – Bugun Yevropa Kengashi BMT falastinlik qochqinlarga yordam berish va ishlarni tashkillashtirish bo‘yicha Yaqin Sharqdagi agentligi (UNRWA)ni qo‘llab-quvvatlash, o‘t ochishni to‘xtatish va mahbuslarni ozod etishni talab qilib, dadil qadam tashlaydi. G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealar insonparvarlik inqirozi emas, balki insoniyatning barbod bo‘lishi. Odamlar juda och. Ayniqsa, bolalar ochlikka dosh berolmay, nobud bo‘lmoqda. Umid qilamanki, EI Kengashi Isroilga kuchli talab yuboradi: G‘azoga oziq-ovqat yetkazib berishni ta’minlashga ruxsat bering, tinch aholini himoya qiling!

Yevropa Ittifoqi oliy vakili 18-mart kungi bayonotida Isroil G‘azodagi ocharchilikdan qurol sifatida foydalanayotganiga ham ishora qildi.