English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boriy Alixonov Latviya qishloq xo‘jaligi vaziri bilan uchrashdi
17:38 / 2022-03-24

Bugun Oliy Majlis Senatining Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Boriy Alixonov Latviya qishloq ho‘jaligi vaziri Kaspar Gerxards bilan uchrashdi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida ta’kidlab o‘tildi. 

Tomonlar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, savdo va iqtisodiyot masalalarini muhokama qildi. 



Uchrashuvda ta’kidlanganidek, Latviyada ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining O‘zbekistonga, O‘zbekistonning oziq-ovqat va farmatsevtika vositalarining Latviyaga eksport qilinishidan har ikki mamlakat ham manfaatdordir. 

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida aholi turmush farovonligini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan qator ishlar alohida qayd etildi. B.Alixonov Qoraqalpog‘istonda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalarga batafsil to‘xtaldi. 

Kelgusida Orolbo‘yi hududlarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, suv va resurs tejovchi qurilmalarni joriy etish, chorvachilikni rivojlantirish, go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llashni kengaytirish, “yashil iqtisodiyot” sohasida tajriba almashish yuzasidan o‘zaro fikr almashilib, ushbu yo‘nalishlarga investitsiyalarni keng jalb etish masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi. 

Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik barqarorlikni ta’minlash orqali aholi salomatiligini himoya qilish borasidagi ishlar, xususan, respublika miqyosida amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi, uning mazmun-mohiyati xususida ham batafsil axborot berildi. 

M.Komilova, O‘zA