Boriy Alixanov va Narimon Umarov Senat aʼzosi boʻldi
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda B.Alixanov va N.Umarovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari roʻyxatidan chiqarish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzoligiga tayinlangan B.Alixanov va N.Umarovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzolari etib roʻyxatga olish masalalari koʻrib chiqildi.
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining 4-moddasi hamda Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 39-Qiziltepa saylov okrugidan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Boriy Batirovich Alixanov hamda 82-Shoʻrchi saylov okrugidan saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Nariman Majitovich Umarovlarning bergan yozma arizasiga asosan ularning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi yuzasidan qaror qabul qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisida”gi 2020-yil 20-oktyabrdagi farmoniga asosan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 75-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Alixanov Boriy Batirovich va Umarov Nariman Majitovichlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari etib roʻyxatga oldi.