English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boris Tadich: O‘zbekiston jadal ijobiy o‘zgarishlar qurshovida (+video)
19:15 / 2025-10-24

Globallashuv va integratsiya jarayoni chuqurlashib borayotgan hozirgi davrda tashqi siyosat va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, xalqaro maydonda o‘z manfaatini muvozanatli tarzda ilgari surish O‘zbekiston uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik yurtimiz tashqi siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Ma’lumki, YeI dunyodagi eng yirik iqtisodiy va siyosiy birlashmalardan biri bo‘lib, o‘lkamiz uchun investitsiya, savdo, texnologiya transferi va inson huquqini faol ilgari surish sohalarida muhim sherik hisoblanadi.

Yaqinda Bryussel shahrida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda EuroUz assotsiatsiyasi tashabbusi bilan Yevropa komissiyasi va Yevropa investitsiya banki ko‘magida “Yevropada O‘zbekiston iqtisodiyoti kunlari” biznes forumi o‘tkazildi. Anjumanda ikki tomonning 150 nafar biznes vakili ishtirok etdi.

Tadbir tashkilotchilari ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va YeI o‘rtasidagi o‘zaro savdo hajmi qariyb ikki barobar oshib, 2018 yildagi 3,2 milliard dollardan 2024 yil 6,3 milliard dollarga yetgan, 2025 yil yanvar-avgust oylarida esa 4,5 milliard dollarni tashkil etib, 9 foiz o‘sishni ko‘rsatgan. Shuningdek, GSP+ tizimiga qo‘shilish natijasida o‘zbek ishlab chiqaruvchilari Yevropa bozoriga chuqur kirib borish imkoniga ega bo‘ldi. Bu eksport hajmi ortishi, yangi qo‘shma korxonalar tashkil etilishiga xizmat qilmoqda.

Anjuman dasturidan “O‘zbekiston – biznes va investitsiya uchun yangi jahon markazi”, “Yevrosiyo o‘zaro bog‘liqligi chorrahasida O‘zbekiston”, “Barqaror suv resurslaridan foydalanish va muhim xom ashyo: mintaqaviy va global istiqbol” kabi munozara sessiyalari ham o‘rin oldi.

Yig‘in doirasida investitsiya, logistika, farmatsevtika, raqamli texnologiya va sanoat hamkorligi sohalarida 8 ta bitim va memorandum imzolandi.

Mazkur forumda ishtirok etgan Serbiyaning sobiq (2004-2012 yillar) Prezidenti, ayni payt “VEON” kompaniyalari guruhi maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borayotgan Boris Tadich o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan O‘zbekiston kelajagi va Markaziy Osiyoning jahon maydonidagi o‘rni haqida muloqotni davom ettirish niyatidaman. Biz muloqotga tayyormiz.

Vazifamiz – fuqarolar va mamlakat uchun xizmat qilish. Shuningdek, raqamlashtirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, xavfsizlik kabi muhim yo‘nalishlarda birgalikdagi sa’y-harakat orqali o‘z missiyamizni bajarishda davom etamiz.

Men O‘zbekiston Prezidenti raqamlashtirish, aloqa va kommunikatsiyalar ahamiyatini teran tushunishiga amin bo‘ldim. Hozir butun dunyoda barcha sohalar o‘zgarmoqda. O‘zbekistonda esa o‘zgarishlar juda tez sodir bo‘lyapti.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4Jlr9Xzr7Ag" title="Boris Tadich: O‘zbekiston jadal ijobiy o‘zgarishlar qurshovida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

O‘.Alimov tayyorladi.

O‘zA