French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bor mehrimiz senga, bolajon”
17:01 / 2025-06-10

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Buxoro viloyati Kengashi tomonidan viloyat qon quyish markazida “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida xayriya-donorlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tashabbus bolalar salomatligini asrash, og‘ir xastaliklar bilan kurashayotgan bolajonlarga beg‘araz yordam berish, shuningdek, jamiyatda mehr-oqibat, saxovat va donolik fazilatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan.

Aksiyada “Adolat” SDP Buxoro viloyati Kengashi raisi Maqsud Hamidov boshchiligida partiya deputatlari Marhabo Pardayeva va Gulchehra Ravshanova, viloyat PPX xodimlari, ichki ishlar organlari vakillari hamda viloyat Kengashining ishchi xodimlari faol ishtirok etdi. Tadbirda donorlikning tibbiy va ijtimoiy ahamiyati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

E’tiborlisi, ushbu aksiya faqat viloyat markazida emas, balki 10 kun davomida Buxoro viloyatining barcha tuman va shaharlarida ham bosqichma-bosqich tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu orqali ko‘proq fuqarolarni ezgu maqsad yo‘lida birlashtirish, bolalarga bo‘lgan mehrni amalda namoyon etish ko‘zda tutilgan.

[gallery-23833]

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.