FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Jizzax viloyati Kengashi tomonidan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida viloyatda faoliyat olib borayotgan bir guruh ko‘ngilli tashkilot-muassasalarning ishchi-xodimlari ham qatnashib, o‘zining insoniylik fazilatini namoyon etdi.
– Ushbu aksiyada ishtirok etayotgan vatandoshlarim safida men ham borligimdan faxrlandim, - deydi partiya faoli Olim Jumaboyev. - Bu kabi tadbirlar tufayli kimningdir salomatligi tiklanadi, o‘z oilasi bag‘riga sog‘-salomat qaytadi. Kimgadir foydang tegsa – bu katta oliyjanoblik. Buni zavqini tuyishdek baxt bo‘lmasa kerak hayotda.
[gallery-17823]
Aksiya davomida partiya vakillari ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar holidan xabar oldi.
Yakunda faollik ko‘rsatgan tashkilot va muassasalarga partiyaning viloyat Kengashi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA