Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bor mehrimiz senga, bolajon!
09:16 / 2022-06-03

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan qon quyish stansiyasida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida donorlik aksiyasi tashkil etildi.

Aksiyadan ko‘zlangan maqsad, tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, insonlarni ko‘ngilli ravishda qon topshirishga chaqirish orqali bemorlarning hayotini saqlab qolish, jamiyatda insonparvarlik va mehr-oqibat g‘oyalarini keng targ‘ib qilishga qaratilgan.

Shunday xayrli va savobli ishga bel bog‘lagan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi 2018 yildan buyon har yili ikki marta xayriya aksiyalarini o‘tkazishni an’anaga aylantirgan.

Ushbu shior ostidagi beg‘araz donorlik aksiyasida yuzlab insonlar bir maqsad yo‘lida birlashib, qonga muhtoj bo‘lgan bemor bolajonlarga hayot bag‘ishlash, ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shishdek xayrli ishga bel bog‘lagan holda, ixtiyoriy ravishda qon topshirdi.

Ikki kun davom etgan aksiyada partiyaning barcha xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublika

si Jo‘qorg‘i Kengesidagi partiya fraksiyasi a’zolari, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatlari, partiya faollari, ko‘ngillilar ishtirok etdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA