French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bor mehrimiz senga, bolajon!
18:59 / 2022-06-02

FOTOREPORTAJ

O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona viloyat Kengashi tomonidan Farg‘ona shahridagi qon quyish markazida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida donorlik aksiyasi o‘tkazildi.

Unda partiya faollari, xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, saxovatpesha insonlar ishtirok etdi. Aksiya onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan hamda baxtsiz hodisa tufayli ko‘p qon yo‘qotgan bolalar hayotini saqlab qolishdek ezgu maqsadga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir.

"Bor mehrimiz senga, bolajon!" shiori ostidagi tadbir Furqat tumanidagi qon quyish markazida ham tashkil etildi. Unda partiyaning Furqat, O‘zbekiston, Buvayda, Bag‘dod tumanlari hamda Qo‘qon shahar Kengashi raislari, deputatlar va ko‘ngilli donorlar faol qatnashdi.

[gallery-7410]

Muqimjon QODIROV olgan (surat), O‘zA