Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bor bilim va salohiyatimizni yurtimiz farovonligi uchun safarbar etamiz
11:01 / 2021-10-04

Tadbirkorlar qatorida, shu yilning 27 sentyabr kuni O’zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning namanganlik saylovchilar bilan uchrashuvida ishtirok etdim.

Partiyamizdan ko‘rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘tgan besh yil ichida amalga oshirilgan islohotlar va ularning samaralari, xususan, Namangan viloyatida erishilgan natijalarga to‘xtaldi. Bunda eng avvalo, iqtisodiyotni rivojlantirish, tadbirkorlarning xuquq va manfaatlarini ta’minlash, aholining kam ta’minlangan qatlami, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari" joriy etilgani va buning afzalliklarini misollar bilan tushuntirdi. Namanganda "Obod qishloq", "Obod mahalla" dasturlari asosida bajarilgan ishlarni tahlil etdi.

Nomzod shuningdek, keyingi besh yilga mo‘ljallangan saylovoldi dasturi bilan ham tanishtirdi. Ayniqsa, Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish buyicha ustuvor vazifalar, jumladan, viloyat uchun 40 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani xursandchilik bilan qarshi olindi.

Unda men ham so‘zga chiqib, biz tadbirkorlarga yaratib berilgan imkoniyat va imtiyozlar nechog‘li to‘g‘ri ekanligini, buning samaralarini ish faoliyatimiz misolida aytib o‘tdim. Haqiqatan ham, Prezidentimiz tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligida klaster usulining tadbiq etilishi qisqa davr ichida o‘zining ijobiy natijalarini berdi. “Art Soft Cluster” kompaniyasi klasteri misolida aytadigan bo‘lsam, Pop va Mingbuloq tumanlaridagi fermer ho‘jaliklarining paxtadan oladigan hosildorligi 24 sentnerdan 40 sentnerga, g‘allachilikda esa 45 sentnerdan 75 sentnerga ko‘tarildi. Fermerlarning daromadi 1 million AQSH dollardan 3 million AQSH dollarga oshdi. Har ikki tumanda yetishtirilgan paxta xomashyosi oldinlari 25 million dollarga sotilgan bo‘lsa, hozirda kompaniyamiz tomonidan chuqur qayta ishlash natijasida 70 million dollarga sotilmoqda. 2016 yilgacha 3 million dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, bugun bu ko‘rsatkich 34 million dollarga yetdi. Ishchilar soni ham 300 nafardan 4200 nafarga o‘sdi.

Uchrashuvda, Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyovga bir qator takliflarimni bildirdim. Xususan, xususiy mulkka, yerga bo‘lgan egalik huquqining daxlsizligini ta’minlash maqsadida Konstitutsiyamizga ayrim qo‘shimchalar kiritilishini va bu fermerlar, tadbirkorlar, qolaversa, xorijiy investorlarga ham ma’qul bo‘lishini izohladim. Tadbirkorlarning xuquq va manfaatlarini himoya kilishga oid Qonunlar, farmon va qarorlar borligi va buni yanada mustahkamlash uchun Biznes ombudsmanni maqomi va tadbirkorlarning mavqeini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlash kerakligini aytdim. Bu takliflarim Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Taklifim e’tiborga olinishidan mamnun holda, kelgusi besh yilda katta loyihalarni amalga oshirish hisobiga ishchilar sonini 13 ming kishiga, aylanma mablag‘ni 250 million dollarga va eksport hajmini 150 million dollarga yetazishga va’da berdim. Albatta, bu shunchaki, orzu havas emas. Barchasi obdon hisob-kitob qilingan. Kelgusida bor bilim va salohiyatimizni, g‘ayrat-shijoatimizni ushbu ezgu maqsadlar uchun safarbar etishga tayyormiz.

Olimxon Boboxonov,

“Art Soft Holding” kompaniyasi kuzatuv kengashi raisi,

Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati

O‘zA