Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boqiy qadriyatlar ko‘zgusi
17:06 / 2014-09-08

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 2-8-sentabr kunlari Muzeylar haftaligi o‘tkazildi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 11-iyuldagi “Davlat muzeylarining bolalar va ularning ota-onalariga ochiqligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham 2-8-sentabr kunlari Muzeylar haftaligi o‘tkazildi.

Yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda tariximiz va buyuk ajdodlarimiz merosi bilan faxrlanish tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan haftalikda Qoraqalpoq davlat universiteti qoshidagi Berdaq milliy muzeyi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

– Haftalik davomida yoshlarni xalqimizning bebaho madaniy merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlar, ilm-fan yodgorliklari, san’at asarlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etilib, o‘zligimizni asrab-avaylash, tariximizni chuqur o‘rganish va keng targ‘ib etishga da’vat etildi, – deydi muzey direktori Sharigul Fayzullayeva. – Muzeyimiz joriy yilning birinchi yarmida 67 tarixiy ahamiyatga ega eksponat bilan boyib, ularning umumiy soni 3 mingdan ortdi. Shu davr ichida bu yerga tashrif buyurgan minglab tomoshabinlarning yarmidan ko‘pi o‘quvchi va talaba-yoshlar ekani kishini quvontiradi.

Vatanimizning boy o‘tmishi, bugungi rivojlanish yo‘li haqida batafsil ma’lumot beruvchi ushbu muzeyda rassomlik, grafika, haykaltaroshlik, amaliy san’at namunalari, turli arxeologik topilmalar, etnografiya buyumlari, tarixiy suratlar, hujjatlar asrab kelinmoqda.

– O‘quvchi-yoshlarda buyuk ajdodlarimizdan faxrlanish, ularga munosib avlod bo‘lish tuyg‘usini kuchaytirish maqsadida ijtimoiy fanlardan mashg‘ulotlar muzeyning o‘zida olib borilmoqda, – deydi Nukus shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Nurjamol Badirova. – Navqiron avlod qalbida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho madaniy merosimizga bo‘lgan hurmat, g‘urur va iftixor tuyg‘usini yanada kuchaytirishda bunday usul ham ta’sirchan, ham samarali bo‘lishi shubhasiz.

Haftalik davomida yoshlarni hunarmand, haykaltarosh va kashtachilar ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida turli uchrashuvlar o‘tkazildi.