Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bonu Egamberdiyeva – Osiyo chempioni!
09:47 / 2019-04-28

Ayni kunlarda Malayziyaning Kota-Kinabalu shahrida karate boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.


Ayni kunlarda Malayziyaning Kota-Kinabalu shahrida karate boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda. Quvonarlisi, mazkur chempionatda terma jamoamiz vakili Bonu Egamberdiyeva kumite bahslarida oltin medalga ega boʻldi. Bu haqda MOQ xabar qilmoqda.

-53 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqqan vakilamiz final yoʻlida Shri-Lanka, Hindiston, Qozogʻiston, oltin medal uchun kechgan bahsda esa Xitoy terma jamoasi vakilini magʻlub etdi.

Taʼkidlash joiz, mazkur musobaqa doirasida Osiyo karate federatsiyasining navbatdan tashqari Kongressi ham oʻtkazilib, unda qator masalalar koʻrib chiqildi. Unda kun tartibiga qoʻyilgan asosiy masala poytaxtimiz joriy yil mezbonlik qiladigan Osiyo chempionati sanasining tasdiqlanishi boʻldi.

Ishtirokchi delegatlarning barchasi oʻtkaziladigan sana va nomzod shaharni tasdiqlab, uni bir ovozdan qoʻllab-quvvatlashdi. Shu tariqa Toshkentda oʻtadigan Osiyo chempionati 15-21 iyul kunlari oʻtkazilishi rasman tasdiqlandi.