Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bon-odori" an’anaviy yapon raqsi festivali
16:43 / 2023-08-14

Poytaxtimizdagi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi, O‘zbekiston-Yaponiya markazi va Toshkentdagi Yapon choyi marosimini o‘rganish jamiyati hamkorligida “Bon-odori” an’anaviy yapon raqsi festivali bo‘lib o‘tdi.

Festival davomida Bon odori raqsini namoyishi va "Furoshiki" an’anaviy yapon ro‘mollari ko‘rgazmasidan tashqari, ishtirokchilar uchun yapon muzqaymog‘i (Kakigoori) va yapon choyi, Origami, Kendama an’anaviy yapon o‘yini, xattotlik va Yukata yozgi yengil kimono kiyinish bo‘yicha mahorat darslari tashkil qilindi.  

Bon-odori – bayramda ijro etiladigan an’anaviy yapon raqsi bo‘lib, ajdodlarga minnatdorchilik bildirish ramzidir. Shuningdek, bu bayram uchun maxsus qurilgan yagura ("minora") deb nomlangan baland yog‘och qurulma atrofida aylanib raqsga tishishdir.  

Yagura, musiqachilar va qo‘shiqchilar uchun saxna sifatida xizmat qiladi. Raqqoslar yagura atrofida soat yo‘nalishi bo‘yicha yoki soat yo‘nalishiga teskari harakat qilishlari mumkin. Ba’zi raqslarda yo‘nalish o‘zgarishi mumkin, garchi u odatda doimiy bo‘ladi. Vaqti-vaqti bilan raqqoslar aylanib yurishni to‘xtatadilar va yaguraga yaqinlashadi va undan uzoqlashadilar.  

Shuningdek, "ohara bushi" va “ava odori” kabi ba’zi raqslar, shahar ko‘chalari bo‘ylab yurish tarzida tashkil qilinadi.  

Gulnoza Boboyeva,O‘zA