Boltiq dengizida NATOning harbiy-dengiz o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Boltiq dengizida NATOning yirik “Baltops” harbiy-dengiz o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
“INTERFAX.RU” bu haqda alyans ma’lumoti bilan asoslab xabar beradi.
18 iyungacha davom etuvchi mazkur mashg‘ulotlarda NATOga a’zo 16 ta mamlakat, shuningdek, Shvetsiya va Finlyandiya harbiylari ishtirok etadi.
40 ta kema, 60 ta samolyot va vertolyot hamda 4 ming nafar harbiy mashg‘ulotlarga jalb qilingan. Unda kemalarga jangovar qarshilik, havo hujumidan mudofaa va minalashtirilgan hududdagi harakat hamda Litva sohillariga desant tushirish kabilar amalda qo‘llaniladi.