Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bolqon axborot agentliklari ittifoqi yig‘ilishii bo‘lib o‘tdi
17:47 / 2024-09-06

Istanbulda Anadolu ahborot agentligi (AA) tomonidan uyushtirilgan “Sun’iy intellekt va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi munosabatni shakllantirish” mavzusida Bolqon – Janubi-Sharqiy Yevropa axborot agentliklari ittifoqi (ABNA-SE) 32-konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

2024 yil uchun ABNA-SE raisi – AA Istanbul ofisida tashkil etilgan anjumanda Turkiya sanoat va texnologiya vaziri Mehmet Fotih Kacir, AA direktorlar kengashi raisi va bosh direktori Serdar Karagoz, bosh direktor o‘rinbosari va bosh muharrir Yusuf Ojan, ABNA-SE bosh kotibi, Bolgariya axborot agentligi (BTA) bosh direktori Kirill Valchev va boshqa yuqori martabali mehmonlar ishtirok etdi.

BTA rahbari sun’iy intellekt hech qachon insonlar o‘rtasidagi tabiiy muloqot o‘rnini bosa olmasligini ta’kidladi.

– Dunyoda sun’iy intellekt tabiiy ijod yoki odam o‘rnini bosadigan joy borligini tasavvur qila olmayman, – dedi u. – Faqat hayotning turli jabhalarida vaqtni tejashda yordam berishi mumkin.

Valchev ta’kidlashicha, shu bois yirik hajmdagi ma’lumot bilan ishlaydiganlar vaqtni tejash, inson ongidan samaraliroq foydalanish maqsadida sun’iy intellektni boshqarishi kerak. Media tashkilotlari faoliyatini yaxshilash uchun sun’iy idrokdan foydalanish mumkin, chunki bunday qurilmalar yangilikni tanlash, turli tillarga ixtisoslashgan manbalar o‘rtasida axborot almashishda qo‘l keladi.

Yig‘ilishda ABNA-SE tarkibiga kiruvchi 12 axborot agentligi o‘rtasida yangilik almashishni osonlashtiradigan dasturiy ta’minot ishlab chiqish loyihasi ham muhokama qilindi.