French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘lg‘usi shifokorlar qasamyod qabul qilishdi
17:09 / 2025-11-10

Sirdaryoda tibbiyot sohasi kadrlarini tayyorlashda tarixiy qadam qo‘yildi. Guliston davlat universiteti Tibbiyot fakulteti talabalari an’anaviy “Tibbiyot kasbiga kirish qasamyodi” marosimida kasbga sadoqat va mas’uliyatlarini namoyish etishdi.

Tadbirga talabalarning ota-onalari, professor-o‘qituvchilar va faxriy shifokorlar ham tashrif buyurishdi. Mahalliy jamoa bu marosimni katta qiziqish bilan kuzatib, yosh mutaxassislarga ilhom va quvonch bag‘ishlashdi.

–  Bu kun har bir talabamiz uchun ilk va eng muhim qadam. Fakultetimiz nafaqat bilim olish makoni, balki inson hayotini asrash va hamdardlik hissini shakllantirish uchun yaratilgan. Talabalar faqat nazariy bilimni emas, balki amaliyotda ham yuqori kasbiy salohiyatga ega bo‘lishi kerak. Ulardan mas’uliyatlilik, intizom va doimiy rivojlanish talab etiladi, – deydi  Fakultet dekani, tibbiyot fanlari nomzodi Farhod Shernazarov.  

Universitetning prorektorlari F. Sharipov, K. Qudratov va D. Eshmurodovlar  o‘z chiqishlarida talabalarni ilmiy bilimni chuqur o‘zlashtirish, inson salomatligini asrab-avaylash va kasbiy mas’uliyatni doimo yuksak tutishga chaqirdilar.  

Guliston davlat universitetining tibbiyot fakulteti 2021/2022‑o‘quv yilidan boshlab, faoliyat yuritib kelmoqda. Yangi fakultetda davolash va pediatriya yo‘nalishlari bo‘yicha zamonaviy tayyorlov dasturi yo‘lga qo‘yilgan. Nazariy bilim va amaliyot uyg‘unlashtirilishi talabalarni ilk kunlardanoq shifokorlik faoliyatiga tayyorlaydi. Ular zamonaviy diagnostika usullari, bemor bilan muloqot va klinik tahlillarda yetuk bilimga ega bo‘lishib, mahalliy sog‘liqni saqlash tizimi uchun salohiyatli mutaxassislar bo‘lib yetishadi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri