English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bo‘lg‘usi pedagoglarga diplom topshirildi
16:03 / 2025-07-10

FOTOREPORTAJ

Termiz davlat pedagogika institutining navbatdagi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda oliygohni bitirgan minglab yoshlar, o‘qituvchi-professorlar va ota-onalar ishtirok etdi.        

Tadbirni institut rektori Azizbek Hasanov ochib berar ekan, avvalo, bitiruvchi-yoshlarning ota-onalari va ustozlariga chuqur minnatdorlik bildirib, ularning fidoyiligi va sabr-qanoatini e’tirof etdi. Shuningdek, oliygohning boy tarixi, bugungi kundagi yutuqlari, ilmiy salohiyati va kelgusidagi ustuvor rejalar haqida to‘xtalib o‘tdi.  

[gallery-24254]

Marosim davomida institutni imtiyozli diplom bilan yakunlagan iqtidorli bitiruvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.          

Ma’lumot o‘rnida. Joriy o‘quv yilida Termiz davlat pedagogika institutini 2 ming 215 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomlagan bo‘lsa, ular orasida 82 nafar bitiruvchi tahsil davomida erishgan yuksak yutuqlari evaziga imtiyozli diplomga ega bo‘ldi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA